TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2022

Abadiyat adibini ardoqlab

Ulug‘ shoirimiz Abdulla Oripovning  haykali poyida bo‘lish adibning ijodiy merosiga daxldor bo‘lgan she'rlarini yoddan o‘qish va shogirdlarning zamondoshlarning xotirasini eshitish an'anaviy tus olgani rost.

Bugun ''Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari insituti'' Miliy tadqiqot universitetining magistratura bo‘limi magistirantlari, bo‘lim rahbari Asror Yangiyev boshchiligida "Adiblar xiyoboni"da bo‘lishdi. Ayni paytda hamkor sifatida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ham shogird ijodiga mehr nuqtayi nazaridan birgalikda shoirni yod etishdi. Iqtidorli magistrantlardan “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish” mutaxassisligi 1-kurs magistrantlari Mohimbegim Usmonova va Otabek Tadjibayevlar adibning tashrif qog’oziga aylangan shae’rlaridan o’qib barchani xushnud etdi

Keyin esa Abdulla Oripovning hayotiy va ijodiy faoliyatiga munosabat sifatida uning eng yaqin shogirdlaridan biri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasing a'zosi, iqtidorli shoir Axtamquli adib bilan bog‘liq bo‘lgan xotiralarini o‘rtoqlashdi. Uning har bir so‘zni alohida tanlashiб so‘z ustida ishlashi borasida ibratomuz fikrlarni keltirib o‘tdi. Shuningdek, so‘z sehrgari,  so‘z zargari deb bilish o‘rinli ekanligini uqtirdi. Bu esa ishtirokchilarni adib ijodiyotiga bo‘lgan mehrini yana bir bor oshirdi desak, xato bo‘lmaydi. Shundan so‘ng “Adiblar xiyoboni”da haykallari qad ko‘targan barcha adiblarni ziyorat qilish ulug‘ ayyomlarda farz ekanligini uqturib videotasmalarga ham muhrlashni lozim ko‘rishdi.

Yaqinda universitetimizning madaniyat saroyida Axtamquli qalamiga mansub bo‘lgan "Adiblar xiyoboniga sayr" deb nomlangan  she'r asosidagi video lavhani ko‘rishingiz mumkin. Universitet matbuot kotibi, videofilmning badiiy rahbari R. Jumaniyozov  va  videomuhandis hamda tasvirchi Biloliddin Matkarimov abadiyat adiblarining nomi boqiylik, barhayotlik belgisi ekani haqida so‘z yuritishdi.

Suratga olingan ushbu videolavhada Asror Yangiyev rahbarligidagi magistrantlarimiz ham ishtirok etishdi. Keyin tadbir yakuniga yetgach magistrantlar va ijod maktabi o‘quvchilari mamnun holda asta-asta tarqalishdi.

SXTEB fakultetining 1 - bosqich talabasi Sarvinoz Zokirjonova axboroti

 Universitet matbuot xizmati