Ko’kalamzorlashtirish niyati bilan
Joriy yilning 17-aprel kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari va prafessor-o'qituvchilari bilan birgalikda o'quv-tajriba uchastkasida Prezidentning "Yashil makon" loyihasini amalga oshirish maqsadida ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
Fakultet o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini Safar Mansurov va A'lobek Xamidov bilan birgalikda talabalar erta tongdan Universitetimizning avtobusida va qo'shimcha mashinalarda yo'lga chiqishdi. Ular Universitetimizning Toshkent viloyati o'rta chirchiq tumanida joylashgan amaliyot o'quv markazida kunlar issiq bo'lishiga qaramasdan "Yashil makon" loyihasi amalga oshirish jarayonida turli xil shaftoli, gilos, tut ko'chatlari ekildi, daraxtlar oqlandi. Bu amalga oshirilayotgan ishlarni barchasi ekologiyaning va atrof-muhitning gullab yashnashiga bo'lgan e'tibor yanada oshirishga xizmat qildi.
So'ngra "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasining prafessor o'qutuvchisi Qishloq xo'jaligi fanlari doktori Sobirjon Isayev o'quv-tajriba uchastkasidagi resurs tejovchi texnologiyalar bilan tanishtirdi. Professor o'qituvchi bir qancha usullarni ko'rsatib o'tdi va ular quyidagilardan iborat edi: lezimetr sizot suvlari chuqurligini o'lchash, intensiv bog'larda tomchilatib sug'orish usuli, gulkaram va soya navlarini yomg'irlatib sug'orish, fasolni tomchilatib sug'orish , no'xat o'simligini tuproq ostida sug'orish kabi bir qancha sug'orish usullarni ko'rsatib o'tdi.
GM fakulteti 1-bosqich talabasi Madina Rustamova axboroti
Universitet matbuot xizmati