TIQXMMI yangiliklari

img
27.10.2021

Tarix, taqdir va istiqbol timsoli

2021 yil 20 oktabr soat 15:00 da TIQXMMI madaniyat saroyida "Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti" fakulteti talabalari O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim” shiori ostida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. “Til bayrami” tadbirida ochib berish uchun  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Jamoliddinova Odinaxon Rasulevna, O’zbekiston milliy akademik drama teatri mehnat o’rdeni sohibasi Shoxida Ismoilova, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Zikrillo Ne’mat, Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyot universiteti dotsenti, filolog Dilafruz Muxamadiyeva, dekan Abdusayid Isakov, dekan o‘rinbosari Alisher Mutalov, “Tillar” kafedrasidan Ra’no Qodirova hamda boshqa professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar “Davlat tili haqida”gi to‘g‘risidagi qonunning ahamiyati va xususiyatlari, tilimizga bo‘lgan e’tibor va munosabatlarning holati, go‘zal tilimizning o‘rni xususida fikrlar bildirishdi. Ma’rifiy kechaga talabalar tomonidan tayyorlangan she’rlar, sahna ko’rinishlari fayz bag‘ishladi.

Tadbir davomida oldinroq e’lon berilgan O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 32 - yilligiga bag’ishlab institutimizda "Davrlar sinovidan o’tgan-ona tilim" mavzusida eng yaxshi insho tanlovi hamda “Til bayramiga” bag’ishlangan devoriy gazeta g’oliblari aniqlanib ularga fakultet dekani tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.