18.04.2022
G‘azal ila hamisha hamdam
Ulugʼ mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʼ bobokalonimizga ehtirom koʼrsatish, asarlarini oʼrganish, uni dunyoda keng targʼib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalari joylashgan 5 - talabalar turar joyida buyuk shoirga bag'ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Unda faol iqtidorli talaba-yoshlar Navoiyxonlik qilib ulug‘ mutafakkir g'azallaridan namunalar o'qishdi.
Universitet matbuot xizmati