TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2022

Joylarda amaliyot darslari

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishni o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida  “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi  dotsenti M.Abduqodirova, “Qodiriya bosh suv olish inshooti bosh mutaxassisi S.Amirovlar bilan birgalikda «Gidromelioratsiya» fakulteti 5450700 - Suv ta’minoti muhandislik tizimlari ta’lim yo‘nalishi 3 - bosqich 307-guruh talabalari bilan 2022 - yil fevral oyidan boshlab haftada bir kun amaliy darslarni o‘tib kelishmoqda.

Amalga oshirilayotgan ijobish ishlarning uzviy natijasi sifatida joriy yilning 16 - aprel kuni “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ tasarrufidagi “Qodiriya bosh suv olish inshooti” da ko‘chma dars tashkil qilinib, talabalarga ochiq usulda suv olish inshootlari va texnologiyalari hamda ularni ekspluatatsiya qilish  borasida ilmiy-amaliy bilimlar berildi.

              Universitet matbuot xizmati