TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2022

“QSXET”ning zakovatli yoshlari

Barchamizga ma’lumki, “Zakovat” - intellektual teleoʻyin 2001-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Uning asoschisi va boshlovchisi — Abdurasul Abdullayev. Bu intellektual o’yin bugungi kunda tobora ommalashib bormoqda. Hatto, Yurtboshimiz ham bu o’yinga katta e’tibor berayotganlari sir emas.  Bizning oliy ta’lim muassasamizda ham bosqichma-bosqich “Zakovat” o’yinlari o’tkazib borilmoqda. 2022 - yil 14 - aprel kuni  “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetining birinchi hamda ikkinchi bosqich bilimdon talabalari orasida Fakultet rahbariyati, tyutorlari va Yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Ubaydullayev tashabbusi bilan 3 - Talabalar turar joyida  “Zakovat” intellektual o’yini o‘tkazildi. Shiddatli va qiziqarli tarzda bilimlilar jangi bo’lib o’tdi.

G’olib bo’lgan jamoalar esdalik sovg’alari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi. Biz ham ularni g’oliblik shohsupasidagi o’rinlari bilan qutlab qolamiz!

 Zakovatli, bilimdon va intiluvchan, izlanuvchan yoshlarimiz safi kengayishiga tilakdoshmiz! Har bir talaba-yoshlarimizni o’z bilimlari bilan mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo’shishga chorlab qolamiz!

QSXET fakulteti dekan o’rinbosari A.Mutalov axboroti

Universitet matbuot xizmati