TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2022

Ma'rifiy suhbat va kitob taqdimoti

Joriy yilning 15-aprel kuni universitetimizda ilm ahli bilan samimiy suhbat va kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.

87 yildan buyon bu sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bizning ta'lim dargohimizda ham qanchadan-qancha madaniyat sohasida faoliyat yuritayotgan, yutuqlarga erishayotgan professorlar, talabalar talaygina. Ularni bu sohada ko'rsatayotgan fidoiyliklarini rag'batlantirish, yoshlarni kitobxonlikka targ'ib qilish maqsadida tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Bu maqsadlar yo'lidagi sa'y-harakatlarga bugungi uchrashuvni yaqqol misol qila olamiz. Tadbirga O'zbekiston  Yozuvchilar Uyushmasi a'zolari, "Yurida matbuot" va "Yurida adabiyot" direktori Akromjon, shoir Sirojiddin Rauf, shoira Gulida Otabekova, shoir Zikrilla Ne'mat, jurnalist Soyibmirzo kabi kitobsevarlar tashrif buyurishdi.

Talaba-yoshlar yozuvchi, shoirlar bilan dildan ochiq suhbat qurishdi. Uchrashuv juda qizg'in bahs munozaralarga, sovg'alarga boy tarzda o'tdi. Ustozimiz Rahimboy Jumaniyozov moderator sifatida o‘z mulohazalarini o'rtoqlashdilar. "Yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2-apreldan 2-maygacha "Ma'naviyat oyligi"· deb e'lon qilindi. Bu tashabbus doirasida qator yangi imkoniyatlar yaratilyapti. Ma'naviyat ma'lum bir muddatda o'rganilmaydi, u doimiy ravishda o'qib, uqib kelinadi. Biz ham doimiy ravishda bilimlarimizni mustahkamlab borishimiz kerak.."

"SXTEB" fakulteti dekani Rashid Hakimov nutqida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida ko'zda tutilayotgan rejalar borasida so'z bordi. Ustozimizning fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, hayotda ma'naviy olamni asosiy o'ringa qo'yish kerakligini angladik.

Tadbirdagi reportaj-intervyularni  'Ma'rifat va madaniyat" kanali o'z lavhalarida yoritib bordi. Tadbirning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti Nilufar Yuldashevaning xizmatlarini alohida e'tirof etish o‘rinlidir.

 

            "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetining 1-bosqich talabasi Sarvinoz Zokirjonova axboroti

             Universitet matbuot xizmati