TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2022

Voleybol zavqi bilan

Bugungi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Respublikamizda mavjud barcha oliy taʼlim muassasasida sport bilan shugʼullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti hamda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari joylashgan 5 - talabalar turar joyida joriy yilning 14 aprel kuni sportning voleybol turi boʼyicha musobaqa boʼlib oʼtdi.

Fakultetlar yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovinlari H.Eshova va O.Roʼziboev, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi H.Tojiboyev, tyutorimiz S.Ibragimova, hamda tarbiyachi pedagog Sh. Islamovalar tashabbuslari bilan oʼtkazilgan musobaqa chin maʼnoda haqiqiy bellashuv boʼldi. Yuqori kayfiyatda boʼlib oʼtgan ushbu musobaqamizda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti jamoasi gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi. Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Universitet matbuot xizmati