TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2022

Muvaffaqiyatning siri til tilsimida

Joriy yilning 14-aprel  kuni  universitetimizning V bino 8-ma'ruza zalida  "Lider-notiq bo'lishni xohlaysizmi?"   mavzusida talabalarning nutqini o‘stirish uchun navbatdagi dars mashg'uloti bo'lib o'tdi. Darsga kelgan talaba-yoshlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa talabalarning nutq madaniyatini yanada chuqurroq o'rganish, notiqlik san'atida yangi bilimlarga ega bo'lishga zamin hozirlaydi. Shuningdek, ularning tajriba va ko‘nikmasi oshib borishiga imkon tug‘diradi.

Ushbu dars jarayoni nafaqat talabalarni balki, tyutorlarni ham qiziqtirib yubordi. Ular talabalar bilan muloqot va muomala jarayonida notiqlik san'ati juda zarurligini o‘zlari bir necha bor e'tirof etishdi. GM, YRB, QSXET, SXTEB  fakultetlari talabalari va tyutorlari ancha faollik ko‘rsatishdi.

Jumladan, YRB fakulteti tyutorlaridan Xursandova Dilafro‘z Saidovna,  Ibragimova Surayyo Botirovna, Vafoyeva Manzura Reyimberdievalar hamda GM fakulteti tyutori Dilbar Egamova, QXM tyutori Hudaynazarova  Dilnavoz Abdumurodnalar qatnashib talabalarga nutqning, so‘zning o‘rni borasida maslahatlar berishdi.

Dars davomida talabalar turli xil trening mashg'ulotlarini bajardilar. Ustoz bir qancha jumlalar keltirdi va bulardagi xato qo'llangan so'zlarni topish, o'rniga to'g'ri so'zlardan foydalanish va til taktikasini to'g'ri qo'llay olish, kerakli so'zni o‘z o‘rnida qo'llash hamda tegishli so'zni topish borasida bir qancha ma'lumotlar berdi. Bu mashg'ulotda Safarov Diyorbek va Izzatullayev Ravshanbek g'olib bo'ldilar va R.Jumaniyozovning "Spikerlik sirlari" nomli kitobi bilan taqdirlanishdi.

Nutqning aniqligi tafakkurning tiniqligidan iborat bo‘lishi qayta-qayta uqtirildi. Bu haqda chuqurroq o'ylab ko‘rsak, juda katta mantiqqa ega.  "Avval o'yla, keyin so'yla" - deydi dono xalqimiz. Chuqur mulohaza bilan yetti o‘lchab bir kesish adolatga kafolatdir. Dars davomida har bir fakultetdan bir nechta talabalar chiqib maqol aytish bo'yicha mashqlar bajarib berishdi. Maqol aytish bo'yicha GM fakulteti talabasi Mamatqulova Sohiba g'olib bo'ldi va u ham R.Jumaniyozovning "Spikerlik sirlari" nomli kitobi bilan taqdirlandi.

Keyinchalik ustoz  SXTEB fakulteti talabasi Fayzullayev Behzodni davraga taklif etdi. U o'zi mutoala qilgan, yod olgan,  qiziqarli hamda ibratli hikoyalardan aytib berdi. Ernest Xemingueyning qisqa hikoyalari tinlovchilarga  juda ham manzur bo'ldi. Dars juda qiziqarli va ko'tarinki ruhda bo'ldi. Darsimiz so'ngida: "Har bir talaba o'z maqsadini mikrofon" oldida yortib  berishni, o'rganib kelishini vazifa qilb berdilar.

Dars mashg‘ulolari tyutorlar mas'uliyati va tinglovchi talabalar majburiyatining hosilasi sifatida davom etayotgani quvonarlidir.

 

                                  GM fakultetining 1-bosqich talabasi  Rustamova Madina va QSXET fakultetining 1-bosqich talabasi Ergashov To'lqin axboroti

Universitet matbuot xizmati