TIQXMMI yangiliklari

img
14.04.2022

Piskent tumanidagi maktablarga dastlabki tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022 - yil 2 - aprelda o‘tkazilgan xalq ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan topshiriqlar katta ahamiyatga ega. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori tomonidan biriktirilgan Piskent tumanida joylashgan 35 va 37 maktablar “Yer resurslarirni boshqarish” fakulteti “Yerdan foydalanish” kafedrasiga biriktirilganligi munosabati bilan kafedarining professor-o‘qituvchilari tomonidan dastlabki tashrifi 2022 - yil 14 - aprel kuni amalga oshirildi.

Tashrif chog‘ida dastlab 2 ta maktab direktorlari va maktab pedagogik jamoasi bilan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z olib borildi. Shundan so‘ng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022 -yilning aprel va may oylarida amalga oshiriladigan tadbirlarini yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

Yerdan foydalanishkafedrasi o’qituvchisi Y.Usmanov axboroti

Universitet matbuot xizmati