TIQXMMI yangiliklari

img
14.04.2022

Kompyuter savodxonligi

Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi Respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 12 - aprel kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talaba-yoshlari joylashgan talabalar turar joyida 5 muhim tashabbus doirasida ya’ni uchunchi tashabbus bo`yicha  tadbir bo`lib o`tdi.

Ushbu tadbirda “Yer resurslarini boshqarish”  fakulteti dekani o’rinbosari X.Eshova, fakultet tyutor D.Xursandova, tarbiyachi-pedagog Sh.Islomova boshchiligida talaba-yoshlar o`rtasida “Kompyuter savodxonligi” bo’yicha tadbir o’tkazildi.  

Universitet matbuot xizmati