AQShning Shimoliy Dokаdа shtаti universiteti bilаn hаmkorlik
Bugungi davr gʼoyalar va loyihalarni amalaga oshirish orqali rivojlanishni taqozo qilar ekan, bu esa tabiiyki, mamlakatimiz taraqqiyotini belgilovchi omildir. «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetining «Elektrotexnika va mexatronika» va «Traktorlar va avtomobillar» kafedralari bilan Аmerika Qoʼshma Shtatlarining Shimoliy Dokata Shtati Universiteti oʼrtasida yaxshi hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan va soʼnggi yillarda asosan hamkorlikda malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Shu sababli ushbu universitet professori Tomos Bon har yili tashrif buyurib kaferdalarning magistr va bakalavr talabalariga taʼlim berib kelmoqda. Shu hamkorlik yuzasidan professor Tomos Bon kafedralarga begʼaraz yordam sifatida bir qancha zarur laboratoriya jihozlaridan tashqari 3D printerlar taqdim qildi.
«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti «Elektrotexnika va mexatronika» va «Traktorlar va avtomobillar» kafedralarida bu borada eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilib, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda moddiy texnik bazani mustahkamlash, innovatsion laboratoriyalarni tashkil etish boʼyicha xorijiy hamkor universitetlar bilan samarali ishlar amalga oshirilmoqda hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti sohaning yetakchi tashkilotlarida oʼtkazib kelinmoqda.
Biz oʼylaymizki, bu kabi zamonaviy laboratoriya jihozlari talabalarning taʼlim olish sifatini oshirishga oʼzining katta hissasini qoʼshadi.