“Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari va tayanch doktorantlari Pskom gruntli to’g’onining qurilish jarayonida.
2022 yil 10 aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari va tayanch doktorantlari Pskom daryosi o’zanida qurilayotgan Pskom gruntli to’g’onining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurdilar.
To’g’onning yuqori byefida tog’-qoyali gruntlarni yoyilib, vibrokatoklar yordamida zichlanish jarayoni bilan tanishildi. To’shalgan va zichlangan gruntning fizik-mexanik xossalarini aniqlashning dala sharoitida “Gidroproyekt” AJ laboratoriya xodimlari bilan birgalikda aniqlandi.
Gruntli to’g’onning yuqori byefiga Italiyadan olib kelingan SIBELON CNT 3750 geotekstil materialini yotqizilishi texnologiyasi bilan tanishildi. Bu texnologiya O’zbekistonda birinchi marta qo’llanilayotganligi uchun innovasion xarakterga egadir.