TIQXMMI yangiliklari

img
12.04.2022

Namangan viloyati Pop tuman XTB ga qarashli 1-sonli maktab hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 1-IDUMda targ‘ibot-tashqivot tadbirlari

Namangan viloyati Pop tuman XTB ga qarashli 1-sonli  matematika va fizika fanlariga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida jami o‘quvchilar soni 1096 nafar, shulardan qizlar 567 nafar, 11-sinf bitiruvchilar 31 nafardan tashkil qiladi.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 1-IDUMda jami o‘quvchilar soni 1520 nafar, shulardan 73 nafar 11-sinf, 105 nafar 9-sinf o‘quvchilardir. Maktabda 105 nafar ustoz-murabbiylar faoliyat yuritadi.

Bulardan 11nafar oliy toifa, 28 nafar 1-toifa, 21 nafar 2- toifa va mutaxassislar o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.

Rrofessor-o‘qituvchilar zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida joriy yilning 11-aprel sanasida iqtidorli o‘quvchi yoshlarni aniqlash, shuningdek umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasb tanlashiga (proforientatsiyaga) amaliy yordam berish maqsadida universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda talabalarga bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha targ‘ibot-tashqivot tadbirlari o‘tkazildi.