TIQXMMI yangiliklari

img
12.04.2022

Internetdagi biznes imkoniyatlari

Universitetimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 19-mart kuni ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida ko’plab ishlar olib borilmoqda.

3 - talabalar turar joyida “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” tyutor Tursunova Zilola, tarbiyachi Xayitova Aziza hamda fakultet dekan o’rinbosari Mutalov Alisher birgalikda 11-aprel kuni Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan boʻlib,  talabalarga ham shu yo’nalish doirasida “Internet orqali biznesni qanday boshlash kerak? ” mavzusida suhbat olib borildi.

Suhbat davomida talabalarga qanday qilib internet orqali biznes marketing yaratish mumkinligi va uning afzalliklari, internet orqali pul topish yo’llari, elektron tarzda ochilgan yirik biznes kompaniyalari va ularning faoliyatlari haqidagi ma’lumotlar yetkazildi. Ko’tarinki ruhda o’tgan tadbirdan talabalar  o’zlariga bir olam motivatsiya oldilar.

Chuqur o’ylangan reja va mukammal g’oya asosida kelajak poydevorini yaratishni ular o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar.

Universitet matbuot xizmati