Farzandlar faoliyatiga mas'ullik
Ota-ona farzandini ilk bor maktab ostonasiga qo`lidan ushlab olib boradi, birga dars qiladi, har qadamini nazorat qiladi, asrab-avaylaydi. Lekin tan olish kerakki, ko`p hollarda bola yuqori sinfga o`tgach, bu nazorat susayadi, oliy ta'limga kelib taqqa to`xtaydi... Ota-onaning nazorati susayishi bilan bugungi texnika davrida bolani telefon, internet nazorat qila boshlaydi... Ota-ona farzandining to ilm dargohini tugatgunicha nazoratni bo‘shashtirmasligi kerak.
Joriy yilning 9 - aprel kuni Universitetimizning 5 - o`quv binosining 1 – o`quv zali va 3 - faollar zali "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida tahsil olayotgan farzandining ta'lim-tarbiyasi, xulqi, umuman farzandi taqdiriga befarq bo'lmagan ota-onalar bilan gavjum bo`ldi.
"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbayev, dekan o`rinbosarlari X.Eshova, M.Akromov, S.Abduraxmonovlar, professor-o`qituvchilari, tyutorlari –S.Ibragimova, D.Xursandova, M.Vafoyevalar tomonidan fakultetda ta’lim olayotgan talabalarining jami 200 nafardan ortiq ota-onalari kutib olindi, 5 - o`quv binosining 2 ta katta zallarida ota-onalar bilan ochiq muloqot o`tkazildi.
Fakultet dekani barcha ota-onalarimizga dekan muovinlari, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari va tyutorlarini tanishtirdi, ota-onalar o’zlarini qiynayotgan, qiziqtirayotgan savollariga javob berdi. Fakultet tyutorlari-S.Ibragimova, D.Xursandova, M.Vafoyevalar o`zlariga biriktirilgan guruh talabalarining yig’ilishga kelgan ota-onalari bilan farzandining xulqi, o`zlashtirishi va davomati haqida alohida suhbatlashishdi. Faol, tashabbuskor, iqtidorli, bilimli talabalarni ota-onalariga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
Tashkil etilgan uchrashuvning ikkinchi qismida ota-onalar universitet o’quv binolari, laboratoriya xonalari, axborot resurs markazi, Abdulla Oripov bog`i, sport majmuasi, talabalar oshxonasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Universitet matbuot xizmati