WSED 2022 da yosh olimlarimiz ishtiroki
Shu yilning 5-8-aprel kunlari Avstriyaning Vels shahrida Jahon Barqaror Energiya kunlari(World Sustainable Energy Days 2022 (WSED 2022)) o‘tmoqda. Ushbu kunlarda Energy Efficiency Policy Conference, European Pellet Conference, Young Energy Researchers Conference, Industrial Energy Efficiency Conference kabi bir qancha ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tishi rejalashtirilgan. E’tiborli jihati, ushbu konferentsiyalarda shaxsan Vels shahri meri va Yevropa energetika Kengashi rahbari bevosita ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, Young Energy Researchers Conference da ma’ruza bilan ishtirok etgan universitetimiz yosh olimlari Dilshod Qodirov, Obid Tursunov va Sirojiddin Xushiyevlar 50 ga yaqin mamlakatdan eng yaxshi ishtirok uchun konferentsiya tashkilotchilari tomonidan taqdirlanishdi. Tashrif davomida WSED 2022 kongressi bosh direktori Christiane Egger xonimga universitetimiz nomidan konferentsiyaga taklif uchun minnatdorchilik bildirildi hamda minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, mana shunday yuqori darajadagi konferentsiyalarni universitetda tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish taklifi bildirildi va bu taklif Christiane Egger xonim tomonidan iliq kutib olindi.
Universitetimiz yosh olimlarining WSED 2022 dagi ishtiroki davom etmoqda.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi
tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti
Universitet matbuot xizmati