Adib ijodi tuganmas buloq
Bugun “Adib ijodiga bir nazar” rukni ostida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda universitet xotin - qizlar kengashi raisi Z.Karabayeva, universitet matbuot kotibi R.Jumaniyozov “Yer resurslarini boshqarish” fakultetini Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini X.Eshova xotin-qizlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar, kengash aʼzolari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, iqtidorli shoirlar Sobir Oʻnar va Bahodir Qobullarning adib haqidagi xotiralari maroqli boʻldi.
“Soʻzda sehr bor, sheʼrda esa hikmat”, deyiladi hadisda. Xalqimiz azal-azaldan sheʼriyatga oshno, sheʼrning qadrini asrlar davomida yuksaklarga koʻtargan zakiy xalq. Shu asnoda xalqimiz ichidan ham sheʼriyat olamining zabardast vakillari yetishib chiqqan. Mana shunday shoirlardan biri –Oʻzbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov boʻladi.
Tadbirda adibning zamonaviy oʻzbek adabiyoti rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, davlat va jamoat ishlaridagi faolligi, yosh ijodkorlarni tarbiyalashdagi jonkuyarligi haqida soʻz yuritildi. Biz Abdulla Oripov deganda buyuk isteʼdod egasi, yorqin siymo, ham ijodi, ham hayot yoʻli bilan ibrat boʻlgan ustoz keladi, – deydi Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmon. – Ustozning nomlari allaqachon xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan. Biz Abdulla Oripov deyishimiz bilan “Oʻzbekiston – Vatanim manim”, “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni?”, “Birinchi muhabbatim” va boshqa koʻplab sheʼrlari keladiki, ular bugun xalq hikmatlariga aylanib ketgan. Har kuni madhiya bilan uygʻonamiz, madhiya bilan uyquga ketamiz. Ustoz xalqimiz qalbidan oʻzining bebaho ijodi, oʻtli satrlari, olmos fikrlari bilan oʻrin olgan ijodkor.
Xoʻsh, bugun bizning shoir oldidagi vazifamiz nima? Ayniqsa, yoshlarning vazifasi nima, degan savollarga shunday javob beraman: Abdulla Oripov sheʼrlaridagi mazmun-mohiyatni, hikmatni chaqish kerak, kelajak avlodlarga bu bebaho merosni bus-butun yetkazish kerak. U insonning har bir sheʼlari chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir sheʼriyati asoslarini tashkil etadi deb aytib oʻtdi.
Darhaqiqat, Oʻzbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov sheʼriyati katta oʻrin tutadi. Shuningdek, shoirning ijodiga uning sheʼrlariga qiziquvchi iqtidorli, tashabbuskor talaba-yoshlarimiz uning sheʼrlarini aytishdi. Tadbir mazmunli boʻlib oʻtdi.Tadbirni tashkil qilgan barcha tashkilotchilarga tashakkur aytamiz.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati