TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2022

Rektor maslahatchisi bilan muloqot

Har bir inson faoliyatini huquqiy me'yorlar belgilaydi. Bu uning ta'lim, ish, ongu dunyoqarashi va e'tiqodi bilan bog‘liq kengqamrovli jarayon. Talaba yoshlarning ana shu jarayondagi ongli faoliyatiga e'tibor mutasaddilar zimmasida.

Dekan o'rinbosarlari, tyutorlar, TTJ direktori va komendantlari, universitet psixologi, madaniyat saroyi direktori, TTJBTIM bo'lim boshlig'i, Xotin - qizlar masalalari maslahat kengashi raisi va yettita fakultetdagi mas'ullari, universitet yoshlar yetakchisi va fakultet yetakchilari TTJ tarbiyachilari, talabalar kengashi raisi, universitet KUQ raisi, YBIMM bo'limi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirni universitetimiz birinchi prorektori Ruzimurat Choriyev boshqarib bordi.

Bugungi kunda talaba yoshlarning ta'limi va tarbiyasiga daxldor yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etish haqida so‘z ochdi. So‘ngra yaqinda joriy etilgan Rektor Maslahatchisi lavozimi davr talabi, zamon taqozosi ekanini uqtirdi.

Xuddi shu vazifaga tayinlangan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori masahatchisi Sa'di Qudratillayevich Igamberdiyev bilan tanishtirdi.

Rektor maslahatchisi so‘zga chiqib bugungi global davr shiddat bilan rivojlanar ekan, bir qator muammolarni ham keltirib chiqarishini, unga ongli munosabatda bo‘lish va aql bilan ish tutish zarurligi borasida so‘z ochdi. Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, inson o‘zgarmasa jamiyat, dunyo o‘zgamasligi aniq. Xalq qalbi va ongi uchun kurash uzluksiz davom etarkan, biz ham jaholatga qarshi ma'rifatning turli usullaridan foydalana olishimiz kerak. Buning uchun aql va idrok, fahm va farosat zarur. Talabaning yurish-turishi, ko‘rinishiyu kiyinishi, bilim-saviyasiga hammamiz mas'ulmiz. Rektor maslahatchisi yuqoridagi mulohazalar xususida so‘zlab birga ish olib borishimiz maqsadga muvofiq ekanini ta'kidladi.

Majlisda, har bir xodim o‘z vazifasi nuqtai nazaridan ishga sidqidildan kirishishi kerakligi alohida uqtirildi. Savol va javoblar ruhida o‘tkazilgan tadbir muntazam ravishda, bajarilgan ishlarning hisoboti tarzida tashkil etib turilishi ham ta'kidlandi.

Universitet matbuot xizmati