Sharoitning yaxshilanishi - tizimning yangilanishi
Mutasaddi rahbarlarning oliy ta'lim muassalarga kelishi va talabalarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishish, ularga xos ijtimoiy-ma'naviy muhitni ko‘zdan kechirish kabi masalalarning yuqori saviyada hal etilishi Prezident rahnamoligida olib borilayotgan siyosatning amaldagi ifodasi deyish o‘rinlidir.
Kuni kecha 5-aprelda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Norim Razzakovich Raxmonov universitetimizning Talabalar turar joylarida bo‘lib bugungi holat, jarayondagi ijobiy evrilishlar, talabalarning ongu shuuri, tafakkuri va dunyoqarashining takomillashuviga xizmat qiluvchi omillar xususida o‘z fikr- mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, o‘z taklif va tavsiylarini bildirdi.
Universitetimizning birinchi prorektori Ruzimurat Choriyev hamrohligida TTJdagi kasb-hunarga yo‘naltiruvchi ishlar va ma'naviy hordiq chiqazishga qaratilgan turli tadbirlar bilan sinchiklab tanishdi.
Talabalar bilan samimiy suhbatlashdi va iqtidorli yoshlar ishtirokida tashkil etilgan mushoirani tomosha qilib talaba yoshlarga motivatsiya berdi.
Universitet matbuot xizmati