TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2022

Internet – “illаtmi” yoki “hikmаt”?

2022-yil 4-aprel kuni 4-talabalar turar joyida Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent Mamataliyev A.B., dotsent Botirov Sh.Сh. va assistentlar Yulchiyev D.G., Mardiyev Sh.H. tomonidan “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining yoshlar hayotidagi o‘rni” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab Sh.Mardiyev tomonidan mavzuga doir taqdimot berildi. So‘ngra, dotsent A.Mamataliyev talabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tartiblari to‘g‘risida ma’lumotlarni berib o‘tdi va yuqorida keltirilgan savol orqali tadbir qatnashchilariga murojaat qildi. Tadbirda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining “oq” va “qora” tomonlari muhokama qilindi. D.Yulchiyev hayotiy misollar yordamida masalaga yanada oydinlik kiritdi.

Tadbir mavzusining asosiy maqsadini keng yoritib berish uchun o‘rtaga qo‘yilgan muammoli savol, ya’ni INTERNET – “ILLАTMI” YOKI “HIKMАT”? yuzasidan o‘tkazilgan munozarada shaxsning dunyoqarashi, ma’naviyati, qolaversa, tafakkuri shakllanishida ommaviy axborot vositalarining ta’siri, ijobiy va salbiy tomonlari, internetning asosiy yutuqlari, qulayliklari, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning muammoli yechimlari keng tarzda savol-javoblar asosida yoritib berildi. Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbirda quyidagi xulosaga to‘xtalib o‘tildi, ya’ni “Illat izlaganga illatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo”.

Universitet matbuot xizmati