TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2022

Ta'lim - tarbiya talabalar tasavvurida

Insonning shakllanishi va kamolotida har ikkalasining - ta'lim va tarbiyaning o‘rni o‘zgacha. Bu tushunchaning qay biri birlamchi degan savol borasida o‘tkazilgan debat o‘yini rosa qizigandan qizidi. Kuni kecha to‘rtinchi aprel kechki soat 21.30. da 3 - TTJdagi bir guruh talaba va tarbiyachi pedagoglar ma'naviyat xonasiga yig‘ilishib musobaqaga kirishib ketishdi.

Suhbat mavzusini universitetimizning matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov boshlab berdi va bu tushunchalarsiz jamiyatning kelajagini tasavvur etish qiyinligini ta'kidlab o‘tdi.

Tadbirda GM fakulteti dekan o‘rinbosari Abduvahob Karimov va pedagog tarbiyachi Aziza Hayitovalar ham beixtiyor debatga qo‘shilib ketishdi. 3- bosqich talabasi Safina Suyunova boshlovchi sifatida o‘z mahoratini namoyish etdi. Ushbu jarayon video orqali yozib olinib shu zahoti YOUTUBE kanaliga ham joylashtirildi. Bemalol ko‘rishingiz mumkin.videolavha

Muhimi, talabalarning qizg‘in suhbat jarayonida o‘zini tutishi, so‘zini topishi quvonarli tarzda bo‘ldi.

Universitet matbuot xizmati