TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2022

Nutq - xulq, ishonch va bilim oynasi

Suv, non, nafas olish kundalik ehtiyoj bo’lgani kabi insonlararo muloqot, so’z va nutq ham xuddi shunday zaruriyat taqozosidir. Demak, nutqiy muloqotning sifati munosabat va murojaatlarning mezoni.

Kecha soat 20:00 da ZOOM dasturi orqali o’tkazilgan notiqlik san’ati bo’yicha dars mashg’ulotlari e’tiborga molik bo’ldi. Bu darsda deyarlik barcha fakultetlarning talabalari ishtirok etishdi. Yoshlar nutq madaniyati va notiqlik mahorati yuzasidan ifodali so’zlash va ifodali o’qish sirlari borasida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

 GIM fakulteti talabasi Fayzullayev Behzod darsni Abdulla Oripovning “Tavallo” she’rini ifodali tarzda o’qish bilan boshlab berdi. Bu she’r sharhi yuzasidan esa GTQ fakulteti talabasi Sardor Sattarov o’z fikr - mulohazalarini bildirib o’tdi. Talabalar o’rtasida qizg’in savol - javoblar tarzida o’tkazilgan uchrashuv esda qolarli bo’ldi. Darsda muntazam qatnashish, mashq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish xayrli va ma'rifiy maqsadlarning ro‘yobini ta'minlashi muqarrardir. Dars mashg‘ulotlari jadvalga asosan davom etadi.

Universitet matbuot xizmati