TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2022

Tadqiqotlar natijasi kelajak mevasidir

Joriy yilning 3 - aprel kuni "TIQXMMI" MTUning O'quv-ilmiy markazida "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasining 2022 - yildagi ish rejasi bo'yicha "Turli muddatlarda ekilgan gulkaramni yomg'irlatib sug'orish tartibining samaradorligini baholash" bo'yicha ilmiy tadqiqotlarini olib borish uchun kafedra professori Isayev Sabirjan Xusanbayevich boshchiligida uning shogirdlari Tadjiyev Sunnat Saydaliyevich, Mardiyev Shaxboz Xusan o'g'li, Malikov Elyor Nazarkulovich, Nazullayev Jamshid Djabbarovich hamda kafedraning 2-bosqich "Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari" mutaxassisligi magistrantlari Usmanov Mirqodir Risqul o'g'li va Sadullayev Hikmat Shuhrat o'g'li va 1-bosqich "Suv tejamkor sug'orish texnologiyalari" mutaxassisligi magistrantlari Bazarbaev Baxadir Abatbay uli, Abdullazoda Sherzodbek Abduvali o'g'li, Ashirov Abdulla Qilich o'g'li va Yormurodov Xolmurod Nurmurod o'g'li gulkaramning "Raskot" navining ko'chatini ekish jarayonida ishtirok etdilar.

Shuning bilan birga ko'chatlar isitiladigan ko'chatxonada tayyorlandi. Tayyor bo'lgan gulkaram ko'chatlarining yoshi 40-45 kunlik va uzunligi o'rtacha 14-16 sm va barglar soni 6-7 tadan bo'lganda ochiq maydonga ekiladi va ekish muddatlari va ekish sxemasi ko'chatlar 70x30 yoki 70x40 sm sxemalarda ekiladi.

Gulkaram ekilgandan keyin egatga ko'chat suvi berildi va har bir egatga berilgan suv miqdorlarini aniqlash uchun Tomson suv o'lchagichi yordamida o'lchab borildi va tadqiqot ishlari davom etmoqda.
 

 

"Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi professori S.X.Isayev va shogirdlari axboroti

Universitet matbuot xizmati