TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2022

“QSXET”ning zakovatli yoshlari

Bizning oliy ta’lim muassasasida ham bosqichma-bosqich “Zakovat” o’yinlari o’tkazib borilmoqda. Kuni-kecha bizning “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetining birinchi hamda ikkinchi bosqich bilimdon talabalari orasida fakultet rahbariyati, tyutorlari, va Yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Ubaydullayev tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Shiddatli va qiziqarli tarzda bo’lib o’tgan bilimlilar jangida quyidagi jamoalar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.

1-orin: “Parvoz” jamoasi (108-guruh)

2-o’rin: “Ittifoq” jamoasi (212-guruh)

3- o’rin: “Do’stlik” jamoasi (109A-guruh)

G’olib bo’lgan ushbu jamoalar esdalik sovg’alari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi. Biz ham ularni g’oliblik shohsupasidagi o’rinlari bilan qutlab qolamiz!

Zakovatli, bilimdon va intiluvchan, izlanuvchan yoshlarimiz safi kengayishiga tilakdoshmiz! Har bir talaba-yoshlarimizni o’z bilimlari bilan mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo’shishga chorlab qolamiz!

QSXET” fakulteti jamoasi axboroti

Universitet matbuot xizmati