TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2022

Sharqona odob-axloq xususida suhbat

Jamoda ishlayotgan faol, ibratli ayol professor-oʼqituvchilarni jalb qilgan holda talaba-qizlar oʼrtasida “Sharqona odob-axloq” va “Тalaba-qizlar kelajak hayotga tayyormi?” mavzularida targʼibot ishlarini amalga oshirish maqsadida qator tadbirlar oʼtkazilmoqda. Аna shunday tadbirlardan birшYer resurslarini boshqarish” fakultetida ham boʼlib oʼtdi. Unda Unversitetimiz “Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi” raisi Z.K.Ismailova, kengash aʼzosi Z.Hafizova, Yer resurslarini boshqarish fakulteti dekan muovini H.Eshova, fakutet tyutorlari va talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʼzga chiqqan ayol professor-oʼqituvchilar talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ahamiyatga ega boʼlgan va qizlar bilishi zarur boʼlgan maʼlumotlar berildi. Shuningdek, talaba-qizlar qanday axloqqa ega boʼlishi kerakli ularning kiyinish madaniyati kabi mavzularda soʼz bordi. Davra suhbatlari jarayonida milliy urf-odatlar va qadriyatlar masalasi xususida ham soʼz yuritildi. Bu uchrashuvlardan koʼzlangan asosiy maqsad esa talaba-qizlarni hayotga tayyorlash, ularga toʼgʼri yoʼl koʼrsatish hamda maʼnaviyati va dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan.
 

Universitet matbuot xizmati