TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2022

Oʻquv jarayonida nazariya va amaliyot uygʻunligi

Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish boʻyicha Prizedentimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladilar. Unga quyidagilar nazarda tutiladi:

oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoilayatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sogʻlom raqobat muhitini yaratish;

oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish;

xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilgʻor standartlarini joriy etish, jumladan, oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan ta’limdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish.

Universitetimizda ham ta’lim sifatini oshirish boʻyicha jadal ishlar olib borilmoqda. Shunga muvofiq “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining “Eleketr energetika” yoʻnalishi talabalari A.Davirov hamrohligida “TOSHSHAHARNUR” DUK Olmazor tumani koʻcha yoritish boʻlimida amaliyot darslarini olib borishdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savolarini berishdi va ma’sul hodim tomonidan yetarlicha javoblarini olishdi. Ustozlar ham korxona ishchilari bilan birgalikda oʻzlarini fikrlarini bilddirdilar. Talabalar uchun dars judayam qiziq va koʻtarinki ruhda oʻtdi.
 

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

tayanch doktoranti A.Davirov axboroti

Universitet matbuot xizmati