TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2022

Xalqaro hamkorlik hududi kengaymoqda

Avval xabar berganimizdek, “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi mudiri Dilshod Qodirov, kafedra professori Obid Tursunov va dotsent Sirojiddin Xushiyevlar 2022-yil 28-martdan 15-aprelgacha Yevropaning ilm-fan rivojlangan bir qator davlatlaridagi TOP-1000 talikka kiruvchi universitetlar ta’lim jarayoni hamda ilmiy laboratoriyalari bilan tanishish va Jahon Barqaror Energiya kunlarida ma’ruza bilan ishtirok etish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.

Bugun ya’ni, 1-aprel kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari QS reytingida 128-o‘rinda va THE reytingida 74-o‘rinda qayd etilgan Germaniyaning Gumboldt nomidagi Berlin Universitetiga (Humboldt University of Berlin) tashrif buyurishdi. Tashrif davomida universitet o‘quv jarayoni va auditoriyalari, universitet kutubxonasi hamda universitetda ish jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, tashrif davomida olinga tajribalarni universitet o‘quv jarayoniga tadbiq etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilarining xizmat safari davom etmoqda.

 

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti

Universitet matbuot xizmati