TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2022

Yangi qirralarni kashf etish

Joriy yilning 31- mart kuni 4-TTJ GM fakulteti talaba qizlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida universitet psixologi M.K. Muxamedova va GM fakulteti tyutorlari D.Egamova, K.Yakubov, D.Axrorovalar “Vokaloterapiyaning inson salomatligiga va uning ruhiyatiga ta'siri” mavzusida tadbir o'tkazishdi.

Tadbirda nafas haqida, nafas olish orqali inson o'zini qanday boshqarishi mumkinligi, qo'shiq kuylashning nafas olish bilan qanday bog'liqliklari borligi va vakolaterapiyaning foydali jihatlari haqida so'z yuritildi. Tadbir ishtirokchilarida bir-birlarini his etib, bir jamoa bo'lib ishlash malakasini shakllantirish uchun “Nahori nashta” laparini birgalikda kuylash taklif etildi.

Laparni aytilish yo'lini avval D.Egamova va M.Muxamedovalar D.Axrorovaning doira usullari yordamida kuylab berishdi. Barcha qizlarga bu lapar tanish bo'lganligi sababli, birgalikda bir jamoa bo'lib kuylash qiyinchilik tug'dirmadi, aksincha barcha yig'ilish ishtirokchilari qalbida zavq - shavq uyg'otgan holda, ko'tarinki ruhda tadbir o'z yakuniga yetdi.

 

TIQXMMI MTU matbuot xizmati