TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2022

Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (8.10.2019 yil, PF-5847) da ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni o’quv jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yo’nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o’zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash vazifalari belgilab berilgan.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsialash muhandislari instituti” MTU “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi TTTEM yo’nalishi 2-kurs talabalari A. Denmuxammadiyev, A. Pardayev va F. Kocharovlar rahbarligida “Buz suv GES” va “Turon elektromоntaj” AJga tashrif buyurdi. 

Tashrifdan asosiy maqsad oliy oquv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, yoshlar ortasida ilmiy va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, fikr, tajriba almashish uchun sharoit yaratish, yoshlarni ilmiy - texnik rivojlanish yolida birlashtirish, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qollab-quvvatlash va ragbatlantirishdir.

Universitet matbuot xizmati