TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2022

Ilmga intilganlar tashrifi

TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga Toshkent viloyati Oʻrta chirchiq tumanining 58-umumta’lim maktabining 11-sinf oʻquvchilari, boʻlajak irrigatorlar 2022 - yil 30 - mart kuni tashrif buyurishdi. Marifatga intilgan yoshlarni "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani A. Fatxullayev kutib oldi.

A. Fatxullayev Universitetning tarixi, fakultetlari, tashkiliy tuzilmasi hamda faxrli bitiruvchilari haqida oʻzining fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Bitiruvchilar oʻzlari qiziqqan savollarga mufassal javob olishdi. Uchrashuvdan soʻng universitet boʻylab sayohat qilishdi.

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini  A.A. Karimov axboroti

Universitet matbuot xizmati