TIQXMMI yangiliklari

img
31.03.2022

Talabalar bandligini taʼminlash

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4 - mart kuni oliy oʼquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʼyicha ustuvor vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi oʼtkazilgan edi. Unda barcha Oliy oʼquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʼyicha ustuvor vazifalar belgilandi. Bugungi kunda ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

"Yer resurslarini boshqarish" fakultetida oʼtkazilgan yigʼilish ham aynan talabalarni boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sohaga oid ishlarga yoʼnaltirishdan iborat boʼldi. Yigʼilishda ishlash istagi bor talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Fakulteti dekan Sh.Narbaev hamda dekan muovni H.Eshovalar darsdan keyin boʼsh vaqtlarida ishlashni istayotgan talabalarni oʼz yoʼnalishi boʼyicha ishlashlari toʼgʼrisida tavsiya va takliflar berishdi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati