TIQXMMI yangiliklari

img
31.03.2022

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan uchrashuv

2022 - yil 28 - mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 7 - sonli umumta’lim maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari bilan “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbayev uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti haqidagi videorolik namoyish etildi va maktab o‘quvchilariga universitet, uning ta’lim yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi, o‘quvchilarga fakultet yo‘nalishlari haqidagi buklet tarqatildi.

Uchrashuv jarayonida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga, jumladan oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi, imtihon topshiradigan fanlar va ularning ballari hamda xorijiy universitetlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi va o’quvchilar universitetda o‘qish uchun qiziqishlarini bildirdi.

 

Tadbir so‘ngida Sh.Narbayev tomonidan 7 - sonli umumta’lim maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.

Uchrashuvda maktab o‘qituvchilari, mahalla yoshlar yetakchilari ham ishtirok etishdi, tadbir o‘quvchilar uchun qiziqarli va taassurotga boy o‘tdi.


 

Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbayev axboroti

Universitet matbuot xizmati