TIQXMMI yangiliklari

img
31.03.2022

Jinoyatchilikka qarshi kurash

Yer resurslarini boshqarish” fakultetida 2 - kurs talaba-yoshlar oʻrtasida huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish hamda maʼnaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida huquq-targʻibot organlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazildi. Unda fakultet dekani Sh.Narbayev Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet tyutorlarimiz D.Xursandova, M.Vafoyeva tarbiyachi pedagog Sh.Islamova, talaba-yoshlar va boshqalar ishtirok etishdi. Tadbirda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan soha xodimlari Toshkent shahar Yunusobod tumani IIOFMB 1 - sonli IIB XPB “Mirzo Ulugʻbek” mahalla profilaktika inspektori kapitan O.Vaxobov soʻzga chiqib, bugungi kunga kelib xalqaro terrorizm, narkotrafik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, koʻpchilikni tashkil etayotganligi, ular orasida koʻpchiligini yoshlar tashkil etishi eng ogʻriqli nuqtalarimizdan biridir.

Hudud va chegara  bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tugʻdirayotganligini aytib oʻtdi. Shuningdek, aksariyat yoshlarimizni davlatlarda kechayotgan noxush voqealar hamda tartibsizliklardan voqif etish emas, balki oʻz tinchligimizning qadriga yetish, uni har qanday tahdidlardan asrab-avaylash ekanligini taʼkidladi. Bugungi kunda aksariyat yoshlarimiz spirtli ichimliklarga rujuʼ qoʻyayotganligi va buning natijasida turli jinoyatlar sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida ham talaba-yoshlarga tushunchalar berib oʻtishdi. Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan toʻliq va aniq javoblar berildi. Shundan soʻng fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari barcha tadbir ishtirokchilariga oʻz minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni yakunladi.

YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati