Kiyinish etikasi – maʼnaviyat poydevori
Bugungi shiddatli davr yosh avlodga zamonaviy taʼlim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, maʼnaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda gʼoyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor berish lozimligini koʼrsatmoqda. Shuningdek, taʼlim dargohlarida kiyinish madaniyatiga ham katta eʼtibor berish talab qilinmoqda.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti MTU da ham bu borada koʼplab tadbirlar olib borilmoqda. Universitet xotin- qizlar bilan ishlash boʼyicha maslahat Kengashi raisi Z. I.Karabaevna rahbarligida talaba qizlarning odob-axloqi va kiyinish madaniyati boʼyicha barcha fakultet talaba qizlar oʼrtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etilib kerakli maslahatlar berib borilmoqda.
Jumladan, GM fakulteti xotin-qizlar bilan ishlash boʼyicha maslahat Kengashi maʼsuli, professor - oʼqituvchilar va tyutorlar tomonidan TTJ da yashovchi talaba qizlarning yashash sharoiti, ularning muammolari va kiyinish odobi haqida tadbir tashkil etildi. Hozirgi kunda ommalashayotgan kiyinish uslublari haqida keng muhokamali suhbatda talaba qizlarning bu boradagi fikrlari oʼrganildi va kerakli tavsiyalar berildi. Rivojlanib borayotgan davr zamonaviylikni talab qiladi, ammo taʼlim dargohlarning oʼziga yarasha qonun-qoilari, kiyinish odobi bor. Аna shu odobga rioya qilgan holda har bir talaba oʼz vazifasini bajarishi va masʼuliyatni his qilishi lozimligi taʼkidlandi.
Universitet matbuot xizmati