TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2022

Talabalar uchun badiiy kecha

Abdulla Oripov hayoti va ijodiga nazar tashlaydigan bo'lsak, hozirda barcha adabiyot, she'riyat ixlosmandlari "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti nomini ham tilga olishmoqda. O'zbek xalqi boshidan o'tgan qiyinchiliklarni XX asrning ikkinchi yarmida biror shoir, san’atkor bu yo‘lni Abdulla Oripovdek badiiy kuch-qudrat, his-hayajon bilan ko‘rsata olgan emas. Chunki u noyob daho iste’dodiga mos mas’uliyat tuyg‘usiga ega edi. Mahorat bobida, so‘z jozibasi va obrazliligidan foydalana olishda unga zamondoshlari orasida teng turadigan shoirlar bor. Ammo tarixiy davr xususiyatlarini, ziddiyatlarini, ona Vatan taqdirini, xalqning dardini, g‘am-tashvishlariyu orzu-umidlarini uningdek teran idrok etadigan, qalbining har bir hujayrasidan o‘tkazadigani yo‘q. Zamondosh ijodkorlar orasida birinchi bo‘lib Vatan va xalqning og‘riqli dardini qalamga olgani, hasrat chekib, ehtirosli kuylagani, millat qadr-qimmati, sha’ni uchun kurashgani shundan. U xalq armonini kuylashda, milliy manfaatlarni himoya qilishda, xalqqa milliy o‘zligini anglatishda Navoiy va Cho‘lpon an’analarini yangi tarixiy sharoitda qayta tiklab, boyitdi va rivojlantirdi. Albatta, bizning fikrlarimiz xususiy bo‘lib, kimlargadir bahsli, isbottalab tuyular. Ammo bular risola muallifining shoir ma’naviy dunyosidan bolalikdan butun ongli umri davomida bahramand bo‘lgani, olgan saboqlari, turli holatlarga uning munosabatlarini kuzatishlari asosida shakllangan.

Bugun "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan 3-talabalar turar joyida ibratli insonlar ishtirokida talabalar uchun davra suhbati tashkil etildi. 

Bejizga yuqorida Abdulla Oripov siymosiga to'xtalmadik. Ibratli insonlar bilan uchrashuv nomi bilan tashkil qilingan tadbirimiz mehmoni Abdulla Oripov hujjatli filmi bosh qahramoni shoir Shodmonqul Salom mehmon bo'ldilar. Samimiy fikrlarini bildirib, talabalarga maslahatlar berib, o'z ijod na'munalaridan o'qib berdilar.

Tadbirda, universitet xotin-qizlar kengashi raisi, fakultet dekan muovini, tarbiyachi pedagoglarning universitet tyutorlari, talabalar turar joyi rahbariyati hamda bir qancha talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olganlar bugungi kun yoshlariga yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, bo'sh vaqtlardan samarali foydalanish  bo'yicha talabalarga o'z tavsiyalarini bildirdilar. 

shoir Shodmonqul Salomga talabalar taklifini inobatga olib kelgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Universitet matbuot xizmati