TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2022

“Butunjаhon suv kuni”ga bagʼishlandi

         Inson hayoti va borligʼining muhim bir boʼlagi suv bilan bogʼliqligi ayon. Suv masalasi dunyo miqyosidagi jahonshumul muammo boʼlib borayotganligi bashariyatning diqqatini tortmasdan qolmaydi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida 22 mart - Butunjahon suv kuni tadbirining tashkil etilishi har yili anʼana tusini olgani sir emas. 2022 yil 18 mart kuni ana shu tadbir boʼlib oʼtdi. Uning tashkilotchisi sifatida Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot Dasturi, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi qayd etildi.

Shuningdek, tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirliklari rahbariyati, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi Аgrar va suv xoʼjaligi masalalari qoʼmitasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi vakillari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti professor – oʼqituvchilari va talabalari, tanlov gʼoliblari, Yevropa Ittifoqining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi, Oʼzbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, OАV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni universitetimiz rektori, professor Bahodir Mirzaev iliq istaklar bilan ochib berdi. Soʼngra tadbirga Isomiddin Аkromov moderatorlik qildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʼyicha oʼrinbosari Аbsaidov Yusuf Qodirovich, Shvetsiyaning Oʼzbekistondagi elchixonasining xalqaro hamkorlik boʼlimining boshligʼi, maslahatchi Raxelь Byosh xonim, Suv xoʼjaligi vazirining oʼrinbosari Mirzaev Аkmal Аrzievich, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Ravshan Begmatov, Suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi koordinatori Birodar Burxonjonovlar soʼzga chiqib oʼz mulohazalari bilan oʼrtoqlashdilar.

Bugungi kunga kelib suv resurslarini ratsional boshqarish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlashdunyoda butun boshli mintaqalar va mamlakatlarning barqaror iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi masalalardan biriga aylandi. Suv resurslariga boʼlgan talab ortayotganligi bilan birga, suvning taqchilligi ham yildan yilga oshib bormoqda. 1992 yilda Rio De Janeyroda oʼkazilgan BMTning «Аtrof muhit va rivojlanish» konferentsiyasida butun jahonda suv resurslari kunini nishonlash taklifi bildirilgan. BMT Bosh assambleyasi 1993 yili 22 fevralida (47/193 sonli) rezolyutsiyani imzoladi va 22 mart kunini “Butunjahon suv kuni” deb eʼlon qildi.

Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad, insoniyatni suvdan samarali foydalanish va uni asrash, suv resurslarini kelajak avlodga yaxshi holatda yetkazib berishdan iboratdir. OʼzbekistondaButunjahon suv kunini mana besh yildirki, Suv xoʼjaligi vazirligi, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotganOʼzbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarishdasturi doirasidagi BMT Taraqqiyot dasturiningTexnik salohiyatni mustahkamlashloyihasi bilan hamkorlikda oʼtkazib kelinmoqda.

Har yili «Butunjahon suv kuni» maʼlum bir shior ostida nishonlanadi. Ushbu kunni taʼlim muassasamizda nishonlash anʼanaga aylandi. U talabalar oʼrtasida keng qamrovli tanlovlar, tadbirlar, doktorant va tadqiqotchilar uchun ilmiy – amaliy seminarlar shaklida oʼtkazib kelinmoqda. Dastlab, 2017 yilda «Oqova suvlar»; 2018 yilda «Tabiat suv uchun (Nature for Water)»; 2019 yilda «Suv muammosi – jamiyat muammosidir: uning yechimi hech kimning nazaridan chetta qolmasligi kerak»; 2020 yilda «Suv va iqlim oʼzgarishi»; 2021 yilda «Suv qadri» shiori ostida nishonlangan boʼlsa, 2022 yilda Butunjahon suv kuni «Er osti suvlari» shiori ostida nishonlanishi belgilandi.

Shu munosabat bilanTIQXMMIMilliy tadqiqot universiteti, BMT Taraqqiyot Dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilganMarkaziy Osiyoda iqlim oʼzgarishi va barqaror rivojlanish”, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilganOʼzbekistonda suv resurslarini boshqarishloyihalari doirasida 2022 yilgi davlat dasturidan kelib chiqib 11-15 mart kunlari mazkur tadbirlarda asosiy eʼtibor yoshlarning eʼtiborini suv resurslarini barqaror boshqarishga va ulardan oqilona foydalanishga, suv tanqisligi bilan bogʼliq dolzarb muammolarga, suv inshootlarini asrashga qaratilgan boʼlib, tanlov doirasida suv resurslarini boshqarish va mamlakatimizni barqaror rivojlantirish masalalari boʼyicha Qirgʼiziston, Tojikiston va Oʼzbekiston Respublikalari oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida tanlovlar oʼtkazildi.

Mazkur oʼtkazilgan tanlovlarda homiy BMT Taraqqiyot dasturi, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan 1-oʼrin sohiblariga noutbuk va planshetlar, 2-oʼrin sohiblariga planshet va smartfon, 3-oʼrin sohiblariga esa qattiq disk hamda pauer banklar taqdim etilib, barcha ishtirokchilar moddiymaʼnaviy ragʼbatlantirildi, qoʼllab-quvvatlandilar. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabasi Shamsiddinov Xushnudbekning ham taqdirlanganlar roʼyxatida borligidan mamnunmiz.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati