TIQXMMI yangiliklari

img
11.03.2022

Oʻqish va ish birligi

2022-yil 10-mart kuni “TIQXMMI” MILLIY TADQIQOTLAR UNIVERSITETIda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 1-mart kuni “Talabalarni ish bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektori yuzasidan  yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uni Yoshlar masalalari va maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor R. Choriyev olib bordi. Yigʻilishda yoshlar bilan ishlash boʻyicha fakultet, dekan oʻrinbosarlari, tarbiyachi pedagoglar, yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, shuningdek, TTJ komendantlari hamda talabalar bilan ishlash kengashi raisi aʼzolari ishtirok etishdi. Mazkur yigʻilishda, Prezidentimiz tomonidan videoselektorda koʻtarilgan masala va vazifalar davlat siyosati darajasida ekani, uni bajarish zaruriyati alohida taʼkidlandi.

 Shuningdek, universitetimizda bugungi kunda 300 ga yaqin turli sohalarda oʻqish bilan birgalikda mehnat faoliyatini olib borayotgan talabalarning mavjudligi va bu talabalarga iloji boricha barcha ishlash sharoitini yaratib berish,  bundan tashqari ishlashni xohlaydigan talabalarni aniqlash, ularni qaysi sohada, qaysi kasbda ishlay olishini oʻrganish yuzasidan vazifalar qoʻyildi. Shu bilan birga universitetimizda mavjud ish oʻrinlari boʻyicha ham dekan muovinlariga koʻrsatmalar berildi. Ayni paytda ularga oʻsha koʻrsatma asosida talabalar orasidan ishlashga istagi borlarini xodimlar boʻlimi bilan bogʻlangan holda aniqlash va maʼqul kelganda ishga joylashtirish kerakligi ham eʼtirof etildi.

                       Universitet matbuot xizmati