TIQXMMI yangiliklari

img
05.03.2022

Tojikiston universiteti bilan keng ko’lamli hamkorlik

Joriy  yilning 3 - mart kuni Tojikiston davlat huquq, iqtisod va siyosat universitetining ilmiy ishlar va innovatsion rivojlanish bo’yicha prorektori Turakul Rizokulov va Xalqaro aloqalar bo’limi bosh mutaxassisi Komiljon Sharipov “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad oʼquv-pedagogik, ilmiy-innovatsion va taʼlim jarayonida oʼzaro akademik aloqalar va yangi hamkorlik yoʼnalishlri borasida munosabatlarni rivojlantirishdir. Ular muzokaralar chogʼida harakatdagi hamkorlikni mustahkamlash, GIS va informatsion texnologiyalar, iqtisod va agrobiznes sohalarida ikki tomonlama diplom berish, pedagoglar malakasini oshirish imkoniyatlari va tadqiqot natijalari bilan almashish masalalar yuzasidan oʼzaro fikr almashishdi. Uchrashuv jarayonida universitetimizning “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan Xalqaro hamkorlik boʼyicha prorektori, professor Аbdulhakim Salohiddinov, EcoGIS markazi rahbari, professor Alim Pulatov, “Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani Rashid Xakimov, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sherzod Rahmonov va CASCADE konsorsiumi koordinatori Pirmatov Habibullo natijador hamkorlik istiqbollari borasida oʼz mulohazalarini bildirib oʼtishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidagi ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklar va fakultetlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, mehmonlar Tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda raqamli texnologiyalar klasteri faoliyati bilan tanishib, markaz professor-o’qituvchilari va talabalari bilan suhbatlashdi. EcoGIS markazi rahbari, professor Alim Pulatov tomonidan klasterda olib borilgan va hozirgi paytda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha taqdimot o’tkazdi.

Universitet matbuot xizmati