TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2022

Fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi: o‘quv jarayonini takomillashtirishdagi hamkorlik

O’zbekisron Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekbrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42–son qaroriga asosan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida kardlar tayyorlashda kasbga qo’yiladigan talablar va ularni ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda takomillashtirish vazifasi belgilangan. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat taʼlim yoʼnalishi hamda Menejment, Marketing, Buxgalteriya hisobi magistratura mutaxassisliklarida o’qitilayotgan va kasbiy malakaga qo’yiladigan talablarni takomillashtirish bo’yicha “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining malakali mutahassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Kadrlar tayyorlashda asosan ta’lim sifati va fanlarning mazmuni tanqidiy tahlil qilindi. O’quv reja va undagi fanlar hamda fanlarni ketma-ketligi, fan dasturlarini mazmuni va boshqa fanlar bilan ayrim mavzularning bir xilligi va farqlari soha mutahassislari tomonidan tahlil qilindi. Amaliyotchi mutaxassislarning ta’lim sifatini oshirish va talabalarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish bo’yicha bildirgan taklif va tavsiyalari o’quv reja va fan dasturlarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

 

                                                Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri A.Axmedov