TIQXMMI yangiliklari

img
21.02.2022

Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi va innovatsion hamkorlik

Haqiqatdan ham bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar va bu sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlardan ayonki, ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash juda muhim masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari joriy yilning 18-fevral kuni “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti (Gidroingeo)” ga tashrif buyurdilar.Kafedra a’zolarini “Gidroingeo” institut direktori g.m.f.n., Q.Mingboyev direktor movini F.Oxunov. Gioekologiya bo‘limi kata ilmiy xodimi B.Abdullayev. kutib olishdi. Yig‘ilishni “Gidroingeo” institut direktori g.m.f.n.,

Q.Mingboyev Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlarning rolini oshirish, shuningdek ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bois, biz uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tarafdorimiz deya yig‘ilishni ochib berdi. Muhokama davomida kafedra mudiri t.f.d., dots. F.Gapparov bakalavr mutaxassisligining malaka talabi, o‘quv rejasidagi majburiy va tanlov fanlari, fan dasturi va silabuslar mavzulari bo‘yicha tahliliy taqdimotni yig‘ilish ishtirokchilariga namoyish etdi. Muhokamalar davomida institut direktori g.m.f.n., Q.Mingboyev taklif etilayotgan fanlar va mavzular ishlab chiqarish bilan bog‘langanligini va tashkilotda xodimlar masalasida Gidrologiya va meliorativ gidrogeologiya bo‘yicha muhandislarga ehtiyoj borligini ta’kidlab o‘tdi. Majlis yakunida O‘zbekiston Respublikasi “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” instituti direktor o‘rinbosari F.Oxunov kafedra jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

 

Universitet matbuot xizmati