TIQXMMI yangiliklari

img
21.02.2022

 O'rgansang hunar,  undan rizqing unar

Joriy yilning 18 - fevral  kuni GM fakulteti 101-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va GM fakulteti tyutori D.Egamovalar “Sevimli mashg'ulotlar uchun bo'sh vaqt topishning 12 imkoniyati” mavzusida tadbir o'tkazishdi.  Tadbirda har bir inson kasb-koridan tashqari o'z qiziqishlariga qarab, xobbilarga ega bo'lishi lozimligi, ko'pchilik odamlar esa sevimli mashg'ulotini doimiy ravishda daromad keltirib turadigan ishga aylantirishni xohlashi, ammo bu osonlikcha amalga oshmasligi, buning uchun tinimsiz mehnat va g'ayrat qilish kerakligi va har qanday muvaffaqiyatning ortida tasavvur qilib ham bo'lmaydigan mashaqqat yotishi haqida so'z yuritildi.

Tadbirda mutolaa, jismoniy mashqlar yoki meditatsiya uchun vaqt topishga qiynaladigan talaba yoshlarga vaqtini to'g'ri taqsimlab, yutuqlarga erishish sir-asrorlari bilan o'rtoqlashildi. Tadbir davomida talabalarning iqtidorlarini aniqlashga  va ularni tegishli to'garaklarga yo'naltirishga mo'ljallangan G.Yu. Ayzenkning  80ta savoldan iborat testi o'tkazildi va interpretatsiya qilindi. Tadbirda barcha talaba yoshlar faol qatnashishdi.

 

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati