TIQXMMI yangiliklari

img
19.02.2022

Bank omonatlari monitoringini qilish va rivojlantirish amaliyoti

2022-yil 19-fevral kuni “Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Bank omonatlarini monitoring qilish va rivojlantirish amaliyoti” mavzusida Turonbank bilan tashkil etilgan seminarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.  Mavzu bo‘yicha ATB “Turonbank”ni Chakana xizmatlar departamentining Bank omonatlarini monitoring qilish boshqarma boshlig‘i Ibragimov Erkin Luqmanovich taqdimot qildi.  Ma’ruza fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalari tomonidan qiziqish bilan tinglandi. Seminarda bank omonatlarining shaklanishi, ularni saqlash va foydalanishda qo‘llaniladigan mezonlar, talablar bo‘yicha atroflicha keng ma’lumotlar berildi.  Seminar savol-javoblarga boy bo‘ldi va imkoniyatdan foydalanib, bank tizimida zamonaviy kadrlarga qo‘yilayotgan talablar to‘g‘risida ham talabalarga qimmatli ma’lumotlar berildi.

Universitet matbuot xizmati