TIQXMMI yangiliklari

img
19.02.2022

Fan va texnika yutuqlari rivojlanish omili

Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan davrda fan va texnikaning yutuqlari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu boisdan ta’lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar va bu sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlardan ayonki, ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan bog`liqligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Fizika va kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilari  joriy yilning 18-fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti va Materialshunoslik institutiga tashrif buyurdilar.

Kafedra a’zolarini O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi f-m.f.d., professor Nosir Saidxonov, institut “Yarim o`tkazgichli kristallarni o`stirish” laboratoriyasi katta ilmiy xodimlari Mardon Xajiyev, Ximmatali Jo`rayev, kichik ilmiy xodimlar Jo`shqin Abdullayev, Sadulla Sadullayevlar kutib olishdi. Yig‘ilishni O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi f-m.f.d. professor Nosir Saidxonov fan va texnikaning yutuqlari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi, ta’limga investitsiya olib kirish – bu kelajakka zamin yaratish, taraqqiyotning va rivojlanishning muhim omilidir. Shu nuqtayi- nazardan, biz uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tarafdorimiz deya yig‘ilishni ochib berdi.

 Muhokama davomida kafedra mudiri f-m.f.n.,dotsent I.B.Sapayev  bakalavr mutaxassisligining malaka talabi, o‘quv rejasidagi majburiy va tanlov fanlari, fan dasturi va sillabuslar mavzulari bo‘yicha tahliliy taqdimotni yig‘ilish ishtirokchilariga namoyish etdi. “Yarim o`tkazgichli kristallarni o`stirish” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi f-m.f.n., dotsent  Ximmatali Jo`rayev taklif etilayotgan fanlar va mavzular ishlab chiqarish bilan bog‘langanligini va tashkilotda xodimlar masalasida Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bo`yicha muhandislarga ehtiyoj borligini ta’kidlab o‘tdi. Majlis yakunida O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi f-m.f.d., professor Nosir Saidxonov institut  rahbariyati tomonidan kafedra jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

Universitet matbuot xizmati