Yaponiya kompaniyasi bilan hamkorlik
Joriy yilni 17 - fevral kuni “TIQXMMI” MTU rahbariyati va Biztech Inc kompaniya prezidenti bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda rektor B.Mirzayev, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.Saloxiddinov, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sh.Raxmonovlar ishtirok etishdi. Shu bilan bir qatorda “Biztech Inc” kompaniya prezidenti Chie Seto O’zbekistonda amalga oshirmoqchi bo’lgan rejalari haqida gapirib o’tdi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalla va universitet o’rtasidagi uzviy bog’liqlik va hamkorlikdagi ishlar haqida ma’lumot berildi. “TIQXMMI” MTU bilan kelajakda hamkorlik yo’llarini mustahkamlash va loyihalar qilishni, ular tomonidan qanday yordam kerakligini ta`kidlab o’tdi. Mazkur uchrashuvda “TIQXMMI” MTU o’zida bo’lgan barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlarini hisobga olgan holda takliflar berib o’tdi.
Universitet matbuot xizmati