TIQXMMI yangiliklari

img
18.02.2022

Magistrantlar bilan rektor muloqoti

Taʼlim tizimidagi tayanch nuqta va istiqbol ishonchi talaba va magistrantlar salohiyatiga eʼtibor masalasi bilan bog’liqdir. “TIQXMMI” MTU magistrantlariga eʼtibor rahbariyatning doimo diqqat markazida ekani ahamiyatlidir. Joriy yilning 16 - fevral kuni Universitet rektori Mirzayev Bahodir Suyunovichning 1 - bosqich magistrantlari bilan boʼlib oʼtgan jonli uchrashuvi yuqoridagi fikrga misoldir. Universitet rektori magistrantlarga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ 42-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori, yaʼni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlanganligi hamda ushbu qarorda koʼrsatilgan strategik vazifalarni bajarishda yosh magistrantlarning oʼrni, kelgusida universitet qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutida yetuk olimlar tomonidan bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlariga magistrantlarning jalb qilinishi toʼgʼrisida mufassal fikr bildirdi.

Samimiy suhbat shaklida oʼtgan uchrashuvda, Magistratura tinglovchilari mavjud muammolar borasida oʼz taklif va fikr-mulohazalari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri universitet rektori bilan boʼlishishdi. Koʼpgina masalalar atroflicha koʼrib chiqilib hal etildi. Jumladan, magistrantlarning ilmiy tadqiqotlari uchun kerak boʼladigan AutoCAD va 3DMax kurslarini universitet hisobidan tashkillashtirib berilishi, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasiga tegishli 70722601-"Geodeziya va geoinformatika” mutaxassisligi uchun maxsus xona va Core i5 soʼnggi avlod kompyuterlari bilan jihozlanishi, oʼquv rejalariga tanlov fani sifatida yangi zamonaviy raqamlashtirishga asoslangan fanlarning kiritilishi va shu kabi turli masalalarga yigʼilishning oʼzida ijobiy yechim topildi.  “Magistratura boʼlimi magistrantlari universitetimiz nufuzini jahon miqyosida koʼtaradigan asosiy indikatorlardan biri va ularga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʼullanishi uchun tegishli sharoit yaratishdabiz barcha imkoniyatlarni ishga solishga doim tayyormiz”, - deb taʼkidladi rektor.  Аytish mumkinki, bu kabi uchrashuvlar tinglovchilarni ruhlantiribgina qolmay, oʼzlariga ishonchni va sohaga muhabbatni oshirishi tabiiy. Magistrantlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga rektordan toʼla va asosli javoblarni olishdi.

 



Universitet Matbuot xizmati