TIQXMMI yangiliklari

img
14.02.2022

"I  LOVE  UNIVERSITY"  shiori  ostida  o'tkazilgan  shanba  oqshomi

Muhtaram  prezidentimizning  besh  muhim  tashabbus  doirasida  talaba  yoshlarni  bo'sh  vaqtini  mazmunli  o'tkazish  maqsadida  joriy  yilning  12-fevral kuni  "Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash" fakulteti dekani Q.Shavazov,  Yoshlar Ittifoqi  yetakchisi  J.Xo'jamqulov  va  Yoshlar  bilan  ishlash bo'yicha  dekan  o'rinbosari  A.Borotov  tomonidan taʼtil vaqtida unversitetimizni sogʻingan yoshlar uchun "I LOVE UNIVERSITY" shiori ostida talabalarning boʻsh vaqtini maroqli tashkil etish maqsadida shanba oqshomi oʻtkazildi. Dasturda Zahriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan mushoira kechasi, "Mazali shashka" musobaqasi, "Mozaika" yigʻish musobaqasi va "Stol tennisi" oʻyinlari oʻtkazildi. Mazkur kechada  fakultet yigit va qizlari  faol  ishtrok  etishdi  va bo'sh  vaqtlarini  mazmunli  o'tkazdilar. O'z  iqtidorini  namoyon etib  faollik  ko'rsatgan  va musobaqalarda  g'alaba  qozongan  talabalar  munosib  taqdirlandilar.











 

Yoshlar  ittifoqi  yetakchisi J.Xo'jamqulov

"TIQXMMI" MTU matbuot hizmati