TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2022

“Ingliz tilida So’zlashish Tanlovi” Kasbiy Rivojlantirish Markazida

    Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 5117-sonli qarorida belgilanagan vazifalarni bajarish maqsadida yoshlarning  xorijiy til ko‘nikmalarini oshirishda Britaniya Kengashi  hamkorligidagi “English as a Medium of Instruction” (Maxsus Maqsadlarda Ingliz tili” loyihasi doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida joriy yilning 11-fevral sanasida  Kasbiy Rivojlantirish Markazida “Ingliz tilida So’zlashish Tanlovi”  tashkil etildi. Tanlovda “Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining 1-kurs talabalari ishtirok etishdi. Tanlovni uniersitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori prof. Toxir Sultonov, “Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani prof. Hakimov Rashid va “Ingliz tili” kafedrasi mudiri Fayzullo Begovlar ochib berishdi. Raxbarlar o‘z nutqlarida  yoshlarga yuksak  kelajak eshiklariga yetaklovchi chet tillarini bilish muhimligini turli xayotiy misollarda tushuntirib berdilar.

   

     Tanlovni “Ingliz tili” kafedrasining oliy ta’limdagi murabbiylik   faoliyatida erishilgan ilg’or  malakaga ega bo‘lgan bir guruh tajribali o‘qituvchilari Maqsuda Azizova, Marg‘uba Xudaybergenova, Go‘zal Eshchanova, Baxtigul Isaqulova, Ulug'bek Nullaev, Luiza Babaqulova va Sarvinoz Ergashevalar o’tkazdilar.    Amaldagi milliy islohot talablariga ko‘ra, chet tili o‘qituvchilarining xalqaro sertifikatlarga egaliklari talabalar tomonidan malakali o‘qituvchi sifatida tan olishlari uchun yetarli asos emasligi, chunki bu bir qator omillarga, birinchi navbatda, ilg’or metodologiyalarni qo‘llay olish  va mashg’ulot materilallarini  takomillashtirish tajribalariga bog‘liq bo’lib, bu jarayon talabalarning til bilish darajalari va o'qituvchilarning o'quv muhitidagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda o'quv jarayonini samarali tashkil qilishdan iboratdir.


 

 

       Tanlovni ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro miqyosda tan olingan baholash yondashuvlarini joriy etish va til ko‘nikmalarini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali bosqichma-bosqich integral ko‘nikmalarni (so’zlashish, tinglash, o‘qish va yozish) rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish edi. Shu maqsadda trenerlar iborat “Ingliz tilida So’zlashish Tanlovi”ni ikkita bosqichda olib borishdi:

1.Rasmni tasvirlash .

2. IELTS so’zlashish savollariga javob berish.

    Tanlovda nomzodlar turli rasmlarni tasvirlashda o‘z ijodkorliklarini namoyish etishdi va IELTS xalqaro imtihonining og‘zaki qismi so’zlashish savollariga javob berishga harakat qilishdi. Nomzodlar CEFR Speaking deskriptorlari bo'yicha baholanishdi.                                                                                                               O‘ylaymizki, bunday tanlovlar talabalarning kommunikativ til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va yaqin kelajakda IELTS sertifikatlarini olishlariga yordam beradi.

                                                                                                                                                                                                         Universitet Matbuot Xizmati