TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2022

Talaba qizlar bilan muloqot

Joriy yilning 9-fevral kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti  3-Talabalar turar joyiga universitetimizning birinchi prorektori Ruzimurat Choriyev va TTJ direktori I.Buxorovlar tashrif buyurishdi. Ular talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan davra suhbati o'tkazishdi.  Bu suhbatda asosiy masalalar koʻrib chiqildi. Talaba qizlarimizga xonalarini toza tutish kerakligi va qizlarga yaratilgan qulayliklar hamda kelajakda yaratilishi kerak boʻlgan imtiyozlarni aytib o‘tdilar.

Yaqinlashib kelayotgan 8-mart "XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI"ni qanday oʻtkazish kerakligi, talaba qizlarimizning har birining takliflari bilan ham oʻrtoqlashildi. Davra suhbatida qizlarimiz uchun yana qanday imkoniyat va qulayliklar yaratsak, maqsadga muvofiq boʻlishi haqida oʻz fikrini bildirdi. Bu davra suhbati juda koʻtarinki ruhda oʻtkazilib qizlarimizning ham mulohazalari tinglandi.

Universitet matbuot xizmati