TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2022

Mahallalarda yoshlar bilan

2022-yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”  deb e’lon qilinishi bois bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar yili bo‘lishi kerak”, — degan edi prezidentimiz mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida. Shu maqsad yo’lidagi amaliyotning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, mahalla yoshlar yetakchilari faoliyatlarini ham boshlab yuborishganini misol qilishimiz mumkin. Davlatimiz rahbarining  2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahridagi OTMlarga o’zlariga yaqin hududdagi mahallalar biriktirilgan edi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mahallabay ishlash tizimi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi va xalqimiz farovonligini yanada oshirish, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun 5-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetiga biriktirilgan Mirzo Ulug’bek tumani “Mirzakalon Ismoiliy” mahalla yoshlari universitetimizga tashrif buyurishdi. Yoshlarni universitetimiz sport maydonchasiga olib borildi hamda u yerda "Professional ta’lim va jismoniy madaniyat" kafedra o’qtuvchisi murabbiyi Muhiddin Norqobilov  yoshlarni ochiq chehra bilan kutib oldilar. Besh muhim tashabbus doirasidagi ikkinchi tashabbus  yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92 sonli Qarorida belgilangan sog’lom turmush tarzi va sportni rivojlantirish mahalla Yoshlar yetakchisi Abbos Xamzayev, “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Alisher Mutalov,  hamda tyutorlar  Zilola Nuraliyeva, Zilola Tursunova, Jahongir Sa’dullayevlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, fakultetimizning faol va chempion talaba-qizi Go’zal Nurimbetova  shaxmat bo’yicha tushuntirishlar berdi hamda shaxmat, shashka, basketbol hamda futbol mashg’ulotlariga bosh-qosh bo’ldilar. Xulosa qilib aytganda mahalla yoshlari bugun Universitet bag’ridan xursand holda ketishdi.

QSXET fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Mutalov axboroti

Universitet matbuot xizmati